Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
O’zbekistonda oliy ta’lim masalalari

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 oktyabrda oliy ta’limni yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalari bo’yicha yig’ilish o’tkazdi. O’zekistonda talaba yoshidagi yoshlarning faqat 9.5% ga yaqini oliy ta’lim bilan qamrab olingan.

Yig’ilishda oliy ta’lim muassasalari va ulardagi professor-o’qituvchilar tarkibining obro’ va e’tiborga ega emasliklari hamda sohadagi boshqa kamchiliklar ta’kidlab o’tildi. Ta’lim jarayoniga innovatsion usullarni tatbiq etish, ta’lim dasturlarining ishlab chiqarish bilan uyg’unligini ta’minlash va boshqa masalalar bo’yicha ishlarning qoniqarsizligi ko’rsatib o’tildi.

So’rovda 740 nafar yoshlar ishtirok etishdi.

So’rov bo’yicha umumiy ma’lumotlarni tahlil qilish uchun biz U-Reportyorlardan ularning oliy ta’lim tizimidagi o’rni va mavqelari to’g’risida qiziqdik. O’zbekiston oliy ta’lim muassasida (OTM) o’qish istagi haqidagi savol bo’yicha quyidagi ma’lumotlar qo’lga kiritildi:

- 30 % - O’zbekistonda talaba bo’lishni xohlashadi;

- 13% - xohlashmaydi;

- 27% - hozir talabalar;

- 31% - OTM bitiruvchilari.

 

“HA” DEB JAVOB BERGAN ISHTIROKCHILARGA QUYIDAGI SAVOLLAR BERILDI:

 

Yoshlarga ular kelajakda kim bo’lishni xohlashlari to’g’risida berilgan savol yuzasidan o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra, quyidagi 5 ta kasb va mutaxassisliklar yetakchilik qilishmoqda:

1)      Iqtisodchi/moliyachi

2)      O’qituvchi

3)      Shifokor

4)      Huquqshunos

5)      Diplomat

Mashhur kasb va mutaxassisliklar ro’yxatidan quyidagilar ham joy oldi: AT mutaxassisi, jurnalist, hisobchi, psixolog, tilshunos, temir yo’llari mutaxassisi (mashinist, mexanik va hokazo), muhandis, harbiy, energetik, dizayner, texnolog, aktyor, uchuvchi. Javoblar orasida ruhoniy va faqih ham bor edi. 

Ishtirokchilarning javoblariga asoslanib, so’ralganlar ichida O’zbekistonning eng “istalgan” OTMlari reytingini tuzish mumkin. Reytingga quyidagilar kirdi:

1)      Toshkentdagi Vestminster universiteti

2)      Toshkent moliya instituti

3)      Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

4)      Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti

5)      Toshkent davlat yuridik universiteti

6)      O’zbekiston Milliy universiteti

7)      Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

8)      Toshkent tibbiyot akademiyasi

9)      I.M.Gubkin nomidagi Neft va Gaz RDU filiali

10)   O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

 

“YO’Q” DEB JAVOB BERGAN ISHTIROKCHILARGA QUYIDAGI SAVOL BERILDI: Nima uchun ular O’zbekiston OTMlarida tahsil olishni istashmaydi.




So’rov natijalariga ko’ra (0%) - oilalar U-Reportyorlarning OTMlarda tahsil olishlari uchun to’siq emaslar.

41% U-Reportyerlar O’zbekiston OTMlarida tahsil olishni xohlamasliklari sabablarini ko’rsatishdi. Ular orasida 2 asosiy sabab ajralib turibdi: 1) chet elda ta’lim olish istagi, 2) oliy ta’lim tizimi saviyasi pastligi.

 

TALABA - ISHTIROKCHILARGA QUYIDAGI SAVOLLAR BERILDI: 



OTMlardagi o’qituvchilar tarkibi to’g’risida berilgan savolga 39% talabalar ularni o’qituvchilar tarkibi qoniqtiradi, deb javob berishdi. Qolgan ishtirokchilar qoniqtirmaydi, deb javob berishgan. Ulardan 36%i ta’lim jarayonida yangilik yo’qligini, 34%i – professional saviyaning pastligi, 19% - talabalarga bo’lgan munosabat va 11% - poraxo’rlikni sabab qilib ko’rsatishgan.

Ishtirokchilar ularning o’quv dasturlarida qaysi fanni eng keraksiz deb hisoblashlari to’g’risidagi savol yuzasidan o’tkazilgan so’rov natijalari o’quv fanlarining quyidagi anti-reytingini namoyon qildi: 

1)      Falsafa

2)      Matematika

3)      Iqtisodiyot

4)      Tarix

5)      Dinshunoslik

6)      Milliy istiqlol g’oyasi

7)      Jismoniy madaniyat

8)      Hayot xavfsizligi, Valeologiya

9)      Kuratorlik soati

10)   Metodologiya

 

Ishtirokchilar ularning o’quv dasturlariga qaysi fanni kiritish kerak deb hisoblashlari to’g’risidagi savol yuzasidan o’tkazilgan so’rov natijalari o’quv fanlarining quyidagi reytingni yuzaga keltirdi

1)      Psixologiya, mantiq, dunyoqarash

2)      Chet tillari

3)      Texnik fanlar va AT

4)      Biznes va iqtisodiyot

5)      Huquq, jamiyatshunoslik, siyosat     

             

 

Ishtirokchilarning taxminan yarmi ular o’qiyotgan OTMda professional rivojlanish uchun resurslar va sharoitlar yetarli deb hisoblashadi (48% - ha, 52% - yo’q). Ayni paytda, resurslar va sharoitlar yetarli deb hisoblaydigan ishtirokchilar orasida o’g’il bolalar (53%) qizlarga (44%) nisbatan ko'proq.

Ishtirokchilarining 78%da amaliy mashg’ulotlrar o’tkaziladi, ammo ulardan deyarli yarmi bu yetarli emas deb hisoblaydi. Bunaqa mashg’ulotlar o’tkazilishi uchun qizlardan (74%) ko’ra ko’proq o’g’il bolalar (80%) javob berishgan.

 

ALLAQACHON OTMDA TA’LIM OLGANLARGA QUYIDAGI SAVOLLAR BERILDI:

85% oliy ma’lumot borligi ishga joylashish imkoniyatin oshiradi, deb hisoblaydi. Ko’pchilik (71%) o’z mutaxassisligi bo’yicha ishlaydi. Qizlar ichida mutaxassislik bo’yicha ishlashlari haqida javob berganlar, o’g’il bolalarga nisbatan 13% ko’p.



Raqobatbardosh mutaxassislarni shakllantirishga to’sqinlik qilayotgan muammolar to’g’risida berilgan savolga ishtirokchilarning 9%i bunday muammolar yo’q, deb javob berishgan. Qolganlar quyidagi to’siqlarni ko’rsatishgan*:

36% - Oliy ta’lim tizimida korrupsiya

20% - Professor-o’qituvchilar tarkibi saviyasining pastligi

15% - Ta’lim va mehnat bozorining uyg’un emasligi

11% - OTMlarning past moddiy-texnikaviy ta’minoti

9% - Ta’lim jarayonida yangiliklarning yo’qligi

* barcha ishtirokchilar, hech qanday to’siq va muammolarni ko’rmayotgan 9% ni ham hisobga olganda.

 

Javoblaringiz uchun rahmat! O’zbekistonda chet el OTMlari filiallari ochilayotganidan xabaringiz bormi? Hukumat tomonidan OTMlardagi kvotalar timizini qayta ko’rib chiqish va qabul qilinuvchi talabalar sonini oshirish bo’yicha vazifalar qo’yilgadan-chi? Albatta o’qishni davom ettiring - Bu sizning kelajak uchun investitsiyangizdir! Biz Siz bilan ushbu sohaqa oid axborot bilan o’rtoqlashamiz? Shuning uchun bizni o’qib boring va so'rovlarimizda faol qatnashing.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo