Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Siz jamoat transporti xizmatlari sufatidan mamnunmisiz?

O’zbekiston hukumati tomonidan yo’lovchi transporti tizimini tubdan yangilsh konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi qo’yildi. Jamoat transporti xizmatlaridan foydalanish qanchalik qulay, bekatlarning, jamoat transportining ahvoli qanday, bu xizmatlar sifatini oshirish uchun yoshlar nimani taklif qilishadi. Ushbu so’rov jamoat yo’lovchi tashish sohasidagi xizmatlar yoshlarni qanchalik qoniqtirishini, bu sohada nimaga e’tibor qaratish va yaxshilash kerakligini bilishga qaratilgan.

So’rov o’tkazish payida, ekspert sifatida TashTrans.uz axborot portali jalb qilindi.

So’rovda 800 ta kishi qatnashdi.


So’rovda qatnashganlarning 81% jamoat transporti xizmatlaridan foydalanar ekan. Jamoat transportidan foydalanmasliklarini ma’lum qilgan 19% ishtirokchilarga savol berildi – nima uchun ular jamoat transportidan foydalanishmaydi? 35% jamoat transportida sharoit yo’qligini sabab qilib ko’rsatishdi, 30% shaxsiy transport vositasiga ega ekanliklarini, 21% ular yashaydigan shahar/tumanda jamoat transporti yo’qligini aytishdi. 14% o’z javoblarini berishdi: ular ichida piyoda yurish ishtiyoqi borligini, jamoat transportida yosh bolalar bilan yurish qiyinligini, ba’zi ishtirokchilar o’zlarining nogiron ekanliklari va jamoat transportida nogironlar harakatlanishi uchun sharoit yo’qligi haqidagi javob variantlari bor edi.


Jamoat transportlari orasida “avtobus” yetakchi bo’lib chiqdi. “Oz’ javobari” orasida ishtirokchilar metro, kirakash damaslarni ham aytib o’tishdi.




Bunda 55% ishtirokchilarni mavjud to’lov tizimi qoniqtiradi (ayni paytda – avtobuslarda konduktorlar tarqatadigan qog’oz chiptalar, hamda oylik yo’ talonlari), 45%-ni esa yo’q.

Yo’lkira uchun jamoat tranportida avtomatlashgan to’lov tizimi haqidagi savolga 51% ishtirokchi turniketli tizim bo’lishini, 49% esa turniketsiz tizimni xohlashlarini aytishgan.



Shunday qilib, so’ralganlarning 50%-ga yaqini haydovchilar, konduktorlar xizmatlari sifati va jamoat transportining tashqi ko’rinishi va holatini o’rtacha deb baholashdi.

Ishtirokchilardan ular duch kelgan jamoat transportidagi holat va qulaylikka oid muammolarni sanab o’tish so’raldi. Jamoat transportidagi eng ko’p aytilgan muammolar beshligiga quyidagilar kirdi:

1.      Jamoat transportidagi tiqilinch holatlar (yo’lovchilarni, ayniqsa tig’iz paytlarda, me’yordan ortiq  mindirilishi), o’rindiqlarning kamligi va ba’zi yo’nalishlarda transport tanqisligi.

2.      Jamoat transport qatnovlari orasidagi uzoq vaqt va ularni kutib qolib ketish holatlari (ayniqsa, Toshkent ichida harakatlanadigan 98-, 13-, 77-, 150-, 22-, 54-, 124-, 49-, 199-avtobuslar alohida ko’rsatildi).

3.      Haydovchilar tomonidan yo’l harakati qoidalarining buzilish (quvib o’tishlar, harakat paytida telefonda gaplashish va hokazo), konduktorlar va haydovchilarning yo’lovchilar bilan qo’pol muomalasi.

4.      Jamoat transporti salonidagi ifloslik va begona hidlarning bo’lishi.

5.      Ventilyatsiya va konditsionerlar yo’qligi.

Shuningdek, muammolar qatorida: salonlar, o’rindiqlar noqulayligi; transport vositalarining eskirganligi; oxirgi bekatgacha bormaydigan haydovchilar; qaytimlar berilmasligi, jamoat tranporti rejimi va grafigi yo’qligi, nogironlar uchun sharoit yo’qligi; avtobuslar ichida yo’lovchilar uchun qo’l ushlagichlar va suyanchiqlarning yetishmasligi va boshqalar aytib o’tildi.

 

So’ralganlar tomonidan, shahar ko’chalarida qatnovchi ISUZU rusumidagi avtobuslar – ularning kichik o’lchamlari, harakat paytida uning ichida bo’lish noqulayligi, tor o’tish joylari va boshqa texnik hususiyatlari sababli alohida tanqidga uchrashdi.   

Bundan ashqari, U-Report ishtirokchilariga o’z shahar/tuman jamoat transporti qulaylik darajasini oshirish bo’yicha taklif berish so’raldi. Jamoat transporti siafatini yaxshilashga oid U-Report ishtirokchilaridan kelgan takliflarning 4-ligi:

   1.      Transport soni va o’lchamlarini, eng  ko’p yo’lovchilari bo’lgan yo’nalishlarda qatnovlar sonini oshirish, eski mashinalarni yangilariga almashtirish.

  2.      Haydovchilar va konduktorlarga yo’lovchilar bilan muomala odobi va yo’l harakati qoidalari bo’yicha muntazam o’qitish ishlarini olib borish.

  3.      Jamoat transporti ichida qulaylikni oshirish: o’rindiqlar qulayligi, konditsionerlar va ventilyatsion qurilmalarni o’rnatish, WiFi, tozalikka rioya qilish.

  4.      Jamoat transportida yo’lkira haqini to’lash tizimini qayta ko’rib chiqish: electron yo’l kartalari, turniketli tizimlarni joriy qilish, konduktorlar xizmatidan voz kechish.

Shuningdek, ishtirokchilar jamoat transportini nogironligi bo’lgan shaxslar uchun jihozlashni, jamoat transporti ishini yaxshilash bo’yicha maxsus mobil dasturlarni joriy etishni davom ettirishni; navigatsiya tablolari, bekatlarda yo’nalishlar jadvallari va ovozli ogohlantirishlardan foydalanishni joriy etishni;  barcha yo’llar bo’ylab alohida harakat yo’nalishlarini ajratishni; jamoat transportida yo’lovchilar si’gimi bo’yicha qat’iy cheklovlar joriy etishni taklif qilishdi.


Ta’kidlab o’tish joizki, jamoat transportidagi ovozli ogohlantirishlar faqat relsli transport turlari – metro, poyezd hamda samolyotlarda yo’lga qo’yilgan. O’zbekistonda yer ustidagi jamoat transporti manzil haqida avtomatlashgan ovozli ogohlantirishlardan foydalanmaydi. Ishtirokchilarning 64%-ining fikriga ko’ra – bu muammo.


Biz U-Report ishtirokchilaridan mutasaddi davlat organlari e’tibor qilishlarini talab etuvchi bekatlarni ko’rsatishni so’radik. Ishtirokchilar hozirgi paytda sifat va bekatlar qulayligining yagona mezonini belgilash bo’yicha tizimiy yondoshuv yo’qligi “yaxshi” va “yomon” bekatlarni aniqlash vazifasini qiyinlashtirayotganini ta’kidlab o’tishdi. Barcha bekatlarning tuzilishini (ochiq yoki yopiq turdagi bekat turlari va hokazo) va dizaynini minimal talablar (bekatlar quyosh va yomg’irdan himoya qilishlari hamda barcha bekatlarning chap tomoni yaqinlashayotgan avtobuslarni ko’rish imkoniyatini berish uchun shaffor bo’lishi kerak) asosida o’zgartisih bo’yicha kompleks yondoshuv zarurligi ko’rsatib o’tildi.     

So’rovda qatnashgan U-Report ishtirokchilari, bekatlarning ko’pchiligida nom yo’qligi hamda ba’zi hududlarda, jamoat transporti ko’zda tutilgan bo’lsa-da, umuman hech qanday bekat yo’qligini aytib o’tishdi.

Eng past ko’rsatkichlarga ega bo’lgan, o’ziga xos anti-reytingga ega bekatlar 20-taligiga quyidagi bekatlar kirishdi (tuman va hududlar bo’yicha):

1.      Bektemir tumani, “Vodniki”, “Suvmash”, “Suvsoz” bekatlari (Toshkent)

2.      Mirzo Ulug’bek tumani, “Buyuk ipak yo’li” bekati (Toshkent)

3.      Chilonzor tumani, Algoritm, “Ahmad”, “Al-Xoramiy mavzei”, “Shuhrat” bekatlari (Toshkent)

4.      Mirobod tumani, “Elektroapparat”, “Olimpiya” bekatlari (Toshkent)

5.      Uchtepa tumani, "Ul. Almoniy” bekati (Toshkent)

6.      YAshnobod tumani, “Siolkovskiy” bekati (Toshkent)

7.      Shayxontohur tumani, «Shafoiz ko’prigi» bekati (Toshkent)

8.      Poyariq tumani, “Oqqo’r’on” bekati (Samarqand viloyati)

9.      Ellikqal’a tumani, “Qilichinoq” bekati (Qoraqalpog’iston)

10.   Alpomish ko’chasi, “Sug’diyona” bekati (Samarqand)

11.   Olmaliq, “Raduga” bekati (Toshkent viloyati)

12.   Sariosiyo tumani, markaziy bekatlar (Surxondaryo viloyati)

13.   Dehqonobod tumani, “Avtoshohbekat” bekati (Qashqadaryo viloyati)

14.   Uychi tumani, markaziy bekatlar, markaziy bekatlar (Namangan viloyati)

15.   Kogon bosh bekati (Buxoro viloyati)

16.   Andijon shahri, «Medkollej» bekati (Andijon)

17.   Guliston shahri, “Yarmarka” bekati (Sirdaryo)

18.   Jizzax shahri, “Toshloq” bekati (Jizzax)

19.   Kosonsoy tumani, “Shohbekat” bekati (Namangan viloyati)

20.   Qibray tumani, Uchxoz posyolklasi bekati (Toshkent viloyati) va boshq.

 

U-Report jamoasidan eslatma: So’rovlar natijasida qo’lga kiritilgan ma’lumotlar UNICEF fikrini ifoda etmasligi mumkin. Ular, U-Reportning ushbu so’rovi ishtirokchilarining fikrini o’rganish statistikasi va tahlilidan iboratdir. 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo