Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
O'qituvchilik kasbi

1-oktyabrda Ozbekistonda Oqituvchi va murabbiylar kuni nishonlandi. Bayram munosabati bilan, U-Report Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi bilan hamkorlikda bugungi kunda mamlakatda Oqituvchilik kasbi nimani anglatadi va mamlakatda oqituvchilar mavqeini oshirish uchun nimalar qilinishi kerakligini bilish uchun sorov otkazdi

Sorov oqituvchilik kasbiga yoshlar orasidagi munosabat qanday ekani, yosh ogil va qizlar oqituvchi bolishni istaydilarmi, ular bu sohada nimani yaxshilashni xohlardilar, shu masalalarni oydinlashtirishga yordam beradi. Oqituvchilik kasbi va mavqei sharafli bolishi uchun nimalar qilinishi lozim

So’rovda 1100 dan ziyod respondentlar ishtirok etdi. U-Reportyorlarga, o’qituvchi/muallim bo’lishni istar edingizmi degan savol berildi.


 U-Reportyorlarga ular nima uchun o’qituvchi bo’lish istagini 3 ta sabab orqali mustaqil tarzda belgilashi so’raldi. Olingan javoblarni shartli ravishda yo’nalishlar bo’yicha guruhlarga ajratish hamda ular orasida yetakchilarini belgilash mumkin.

- Ma’naviy va axloqiy me’yorlar:

1.      O’z bilimi bilan bo’lishish hamda munosib avlod tarbiya qilish istagi – 250 dan ziyod ovoz to’pladi.

2.      Bolalarga mehr ko’rsatish va ular bilan ishlash istagi – bu javob 150 dan zioyd ovoz to’pladi.

3.      “O’qituvchilik” kasbini yaxshi ko’rish – 100 dan ziyod ovoz to’pladi.

4.       O’z ustidan doimiy ishlash va tajriba orttirish imkoniyati – bu variant 80 ga yaqin ovoz to’pladi.

- Ijtimoiy va moddiy sabablar:

1.      Yaxshi mehnat sharoitlari, barqarorlik va yaxshi ish haqi – 110 dan ziyod ovoz topladi.

2.      Oz davlatiga, xalqi va jamiyatiga xizmat qilishbunday ustuvor maqsadlarni 70 dan ortiq respondentlar oz oldilariga qoymoqdalar.

3.      O’qituvchilik bu sharafli kasb – 100 dan ziyod U-Reportyorlar shunday fikrdalar.

- An’anaviylik va uzluksizlik me’yorlari:

1.      Sorovda qatnashganlarning 70 dan ziyodi oqituvchilik kasbini oilaviy anananing davomi, ota-ona va katta avlod kasbi bolganidan tanlaydilar.  

2.      U-Reportyorlarning 20 dan ziyodioqituvchilik kasbini, ularda eng yaxshi xotira va taassurotlar qoldirgan, birinchi murabbiylari sabab tanlaydilar, shuningdek bu ayollar uchun eng mos keladigan kasb, degan javob ham 20 ta ovoz toplagan.

3.      Shu jumladan javoblar orasidan orin egallagan bir necha ovozar bukaryera qilish imkoniyati, talim berish jarayonini yoqtirish.

Shuningdek, respondentlar nima uchun oqituvchi bolishni istamasliklarini 3 ta asosiy sababini korsatishlari soraldi. Quyidagiyoqsabablari eng kop ovoz topladi:

1.      Ish haqini kichikligi.

2.      Past ijtimoiy maqom, “oqituvchilikkasbiga hurmatsizlik.

3.      Qog’ozbozlik, tez-tez uchrab turadigan tekshiruvlar.

Shu bilan birga javoblar orasida kasb qiyinchiliklari, korrupsiya mavjudligi, maishiy muammolar, joylarda hanuz davom etayotgan o’qituvchilar tomonidan o’z o’quvchilari uylarini majburiy tarzda aylanib yurish amaliyoti bilan bog’liq muammolar, o’z hisoblaridan kanselyariya buyumlari, ta’mirlash materiallarini sotib olish majburiyatlari, ijod uchun imkoniyat yo’qligi o’rin egalladi.

Ayni paytda javoblar orasida joylarda o’qituvchilarni jamoat ishlariga majburiy jalb etish bekor qilingani, e’tirof etildi. 


Aniqlangan natijalar shuni korsatadiki, respondentlar eng kop talablarni oqituvchilardan talim olishning shakliga emas, balki uning mazmuniga nisbatan qoyadilar, yani ularga oqituvchining materialni yetkazishdagi yondashuvi emas, balki uning kasbiy malakasi va mahorati muhimdir.

Bundan tashqari, respondentlarda oqituvchi qanday fazilatlar sohibi bolishi kerak, degan savolga oz javoblarini yozish imkoni ham bor edi. Javoblar orasida oqituvchi savolda korsatilgan barcha fazilatlar sohibi bolishi shart, degan variantlar boldi; shuningdek muhimlari qatorida, adolat, xolislik, oquvchilarga teng munosabatda bolish, oquvchi qalbiga yol topish qobiliyati, oz oquvchilariga namuna bolish kabilar ham qayd etildi.


 Songgi paytlarda Ozbekiston Xalq talimi vazirligi oqituvchilarning mavqeini mustahkamlash va ularning faoliyati samaradorlgini oshirish yolida muayyan ishlarni amalga oshirdi: ish haqi oshdi, imtiyozli xizmatlardan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratildi, hisobot hujjatlari bilan ishlash hajmi kamaydi. Shu sababdan, respondentlarga – jamiyatning o’qituvchilarga va ularning mavqeiga munosabatni yaxshilashga nimalarni taklif etardingiz degan savol berildi.

Kelib tushgan javoblarni o’rganib, ularning ichida eng ko’p uchraydigan 5 tasini ajratish mumkin.

1.      O’qituvchilar malakasini turli usul va shakllar orqali oshirish zarur. Attestasiya va qayta attestasiyadan o’tkazish hamda o’qituvchilarni o’quv dargohlariga ishga olishda qat’iy tanlov mezonlarini qo’llash orqali, tizimdagi “tasodifiy” kadrlardan voz kechish.

2.      OAVda o’qituvchilar yutuqlarini, ularning ish natijalarini keng yoritish, rolik, filmlar, ko’rsatuvlar orqali kasbning sharafli ekanini namoyish etish. 

3.      Maktablarda o’qituvchi faoliyatini texnik jihatdan tashkil etishdan boshlab, to ta’lim jarayonida o’z ijodiy salohiyatlarini ro’yobga chiqarish imkoniyatlari uchun munosib sharoitlar yaratish.

4.      Bolalarning ta’lim-tarbiya olishi uchun ularning ota-onalarini ham keng jalb etish: ularni o’z farzandlarining darslarni o’zlashtirishini, ta’lim jarayonlariga aralashmay, o’qituvchilar bilan sheriklik munosabatlarini o’rnatish orqali, nazorat etishga qatnashish vazifasini yuklash. Respondentlar, jumladan, ota-onalarning o’z farzandlarining ta’lim olishi va darslarni o’zlashtirishiga nisbatan mas’uliyat va majburiyatlari to’g’risida qonun qabul qilishni ham taklif etdi. 

5.      O’qituvchilar uchun turli nominatsiya, mukofotlar, rag’batlar joriy etish (ipoteka kreditlarini olish, ofis texnikasini xarid qilish bo’yicha imtiyozlar berish, sanatoriylarda imtiyozli davolanish, transport, kommunal xarajatlarda imtiyozlardan foydalanish va hokazo).

 Respondentlar yana ota-onalar uchun o’qituvchilarning dars berishlarini on-layn tarzda kuzatishni yo’lga qo’yishni; tekshiruv va qog’oz ishlarini kamaytirishni; o’qituvchilarning o’quvchilar oldida ta’lim tizimi rahbariyati tomonidan haqoratlanishiga yo’l qo’ymaslikni; maktab rahbariyatini ma’lum muddatga saylash tizimini joriy etishni; ta’lim tizimidagi bo’sh ish o’rinlari to’g’risidagi axborotni ochiq chop etishni; erkaklarni ta’lim tizimiga jalb etishni; o’qituvchilar klubini tashkil etishni; o’qituvchilarning huquqiy savodini hamda psihologik ko’nikmalarini oshirishni; o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasida muallimlarning faoliyati bo’yicha fikr almashishni yo’lga qo’yishni; o’qituvchilarni qo’llab-quvvatlash alohida jamg’armasini yaratishni; ta’lim tizimida korrupsiyaga barham berishni; o’qituvchilarni tekshirish va yig’ilishlarini qisqartirishni va boshqa takliflarni berdilar.

 

Umid qilamizki, so’rov natijasida aniqlangan ma’lumotlar mutassadi idoralar tomonidan o’rganiladi va tegishli xulosalar chiqariladi.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo