Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Biz bexatar maydondan boshladik! / Мы стартовали с «безопасной площадки»!

(Ниже текст на русском языке)


Bizning U-Reportyorlar hoynahoy payqashgan bo’lsa kerak – bir necha kun avval U-Report ijtimoiy platformasining dastlabki savoli berildi – Xalqaro yoshlar kuni va bexatar maydonlar to’g’risida.

So’rov paytiga qadar ro’yxatdan o’tgan 246 U-Reportyordan, so’rovda 169 tasi qatnashdi, bu esa deyarli 70% deganidir. Biz yoshlar tomonidan faol ishtirokni olqishlaymiz!

Yoshlarimiz Xalqaro yoshlar kunini nishonladilarmi, degan savolga 34% U-Reportyorlar “Ha”, deb javob bergan bo’lsa, 66% uni nishonlamadik, deb aytishdi.

Yoshlar uchun “Bexatar maydon” nimani anglatadi, degan savolga qiziqarli javoblar kelib tushdi. Yetakchi o’rinlarda: O’zbekiston, uy, oila, mamlakatdagi tinchlik, atrofdagi sog’lom muhit, yaqin kishilarning qo’llab-quvvatlashi, do’stlar kabi tushunchalar “bexatar maydonlar” deb e’tirof etildi. Shu bilan birga, ichki osoyishtalik, huquqlarni himoyalangani, o’qish va ishdagi xotirjamlik, narkotik va urush-janjallardan xoli yer, haddan tashqari ko’p nazoratning yo’qligi, xavfsiz internet kabi javoblar ham bo’ldi.   

Respondentlar tomonidan, jamoat joylari ham bexatar maydon deb aytildi. Ba’zi respondentlar bexatar maydonni “befarq odamlar yo’q bo’lgan yer” deb aytilishi e’tiborimizni tortti.

Ayrim U-Reportyorlar o’z javoblarida, ular uchun bexatar yer bu – yoshlar o’z salohiyatlarini ocha oladigan hamda ta’lim ola biladigan, o’z-o’zini, o’z fikrini izhor va ifoda etadigan maydon ekanini e’tirof etdilar.

U-Report loyihasining o’zini ham, yoshlar uchun bexatar makon deb atashganini ijobiy holat desak bo’ladi. Aslida ham, U-Report yoshlar uchun bexatar maydon bo’lib, unda ular tanqid va ta’nalardan xavotir qilmay, o’z fikrlarini bildira oladilar, chunki U-Report so’rovlarida ishtirok etayotgan respondentlarning shaxslarini oshkor etmaydi. U-Report loyihasining har bir ishtirokchisiga alohida shifrlangan raqam biriktiriladi, shu bilan birga, respondentlar to’g’risidagi ma’lumot hech bir ochiq manbada aks ettirilmaydi.

Shuni qayd etmoqchi edikki, ayni paytda tizimning texnik jihatdan kam-ko’stini to’ldirish, sinash ishlari o’tkazilmoqda va agarda U-Reportyorlarimizda ro’yxatdan o’tish yoki savollarga javob berish bilan bog’liq biron qiyinchiliklar bo’lsa, shuni inobatga olishlarini so’raymiz. Biz bilan ekaningiz uchun raxmat! Sizning fikringiz muhim!

Sizning U-Report jamoangiz.

_____________________________________________________________


Как вы наверняка заметили, несколько дней назад был задан первый вопрос посредством социальной платформы U-Report – о Международном дне молодежи и безопасных площадках для молодежи.

Из 246-ти Ю-Репортеров, зарегистрировавшихся на момент опроса, в опросе приняли участие 169 человек, а это почти 70%. Мы приветствуем активное участие со стороны молодежи!

На вопрос «праздновали ли молодые люди Международный день молодежи?» – 34% Ю-Репортеров ответили «Да», а 66% ответили, что не праздновали его.

Интересные ответы пришли на вопрос о значении «Безопасного пространства» для молодежи. Среди ответов лидировали такие «безопасные площадки», как Узбекистан, дом, семья, спокойствие в стране, здоровая атмосфера вокруг, поддержка близких, друзья. Также были такие ответы, как внутреннее спокойствие, защищенные права, спокойствие на учебе и на рабочем месте, место без наркотиков и войн, отсутствие чрезмерного контроля, безопасный интернет.

Общественные места, по мнению некоторых респондентов, также являются безопасными площадками. Некоторые респонденты назвали безопасной площадкой место, где нет безразличных людей.

Часть Ю-Репортеров ответила, что для них безопасное место там, где молодежь может раскрыть свой потенциал и получить образование; площадка, где можно свободно выражать себя и своё мнение.

Отрадно, что сам U-Report также назвали безопасным пространством для молодежи. Действительно, U-Report – это безопасная площадка для молодых людей, где они могут выразить своё мнение, не опасаясь критики или осуждения, так как U-Report обеспечивает анонимность респондентов, участвующих в опросах. Каждому участнику U-Report присваивается индивидуальный закодированный номер. Информация о респондентах не отображается где-либо в открытом доступе.

Хотелось бы отметить, что в настоящее время проходят некоторые технические доработки системы – и, если у наших Ю-Репортёров возникли какие-либо сложности с прохождением регистрации или ответами на вопросы, просим иметь это в виду.

Спасибо, что вы с нами! Ваше мнение важно!


Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo