Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Qizlar tanlash va asoslashga qodir

Amina va Muazzamxon Technovation tanlovi doirasida yaratgan xavf ostida bo‘lgan bolalar uchun SOS tugmasi mavjud bo‘lgan mobil ilova loyihasi uchun AQShga safar qilish mukofoti bilan taqdirlangan edilar. Technovation tashabbusi – bu qiz bolalar uchun ta’limiy tanlov bo‘lib, uning doirasida ular ijtimoiy muammoni texnologiyalardan foydalanish yo‘li bilan hal qilishga urinib ko‘rishlari kerak. Ushbu tanlov qizlarga o‘zlarini sinab ko‘rish hamda o‘z qobiliyatlari va qiziqishlari to‘g‘risida ko‘proq bilib olish uchun noyob imkon yaratdi. «Baxtimga onam meni doimo qo‘llab-quvvatlaydi», - deb aytadi 18 yoshli Muazzamxon uning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini nima uyg‘otdi, degan savolga javob berayotib, - «Bu juda muhim omil, chunki ko‘tarinki ruh, ota-onaning ilhomlantirishi va o‘z farzandlarining qobiliyatiga bo‘lgan ishonchi chindan ham ularning hayotiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin». Axborot texnologiyalarini o‘rganishga qaror qilgan Amina uchun taxlitlarga qarshi chiqish va O‘zbekiston qizlari ham fan sohalarida muvaffaqiyatli bo‘lishlari mumkinligini isbotlash juda muhim edi. «Bir joyda nuqtai nazari va qarashlari turlicha bo‘lgan, muammolarni hal qilish ustida ishlaydigan odamlar mavjud bo‘lganda har qanday soha muvaffaqiyatga erishadi», - deb ta’kidlaydi Amina. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, AT sohasida erkaklar ishlab chiqish jarayoni nuqtai nazaridan qiziqarli bo‘lgan narsalarni, masalan, video o‘yinlar yoki murakkab ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishni afzal ko‘radilar. Ayollar esa AT bilan shug‘ullanayotganda jamiyat uchun foydali bo‘lgan ijtimoiy loyihalar ustida ishlashga moyil bo‘ladilar, deb qo‘shimcha qildi Amina. Muazzamxon doimo aniq fanlarni yoqtirganligini, lekin asosiy kasb sifatida tibbiyot sohasini tanlaganligini aytdi. U 18 yoshda bo‘lib, tibbiyot kollejida tahsil oladi. Buroq u qandaydir muhim sohada o‘zini sinab ko‘rmaganligini doimo sezib yurardi. «Technovation» tashabbusi to‘g‘risida eshitganda, bu loyihada ishtirok etishga qaror qildi, chunki onasi uni o‘z yo‘nalishini topishi uchun turli sohalarda kuchini sinab ko‘rishga doimo rag‘batlantirib kelgan. Technovation treningi va tanlovida ishtirok etishdan oldin ikkala qizlarda AT sohasida hech qanday tajriba bo‘lmagan. Qizlar ularning ikkoviga ham AT sohasi har qanday boshqa soha bilan bog‘liq bo‘lish mumkinligi bilan yoqib qolganligini ta’kidlashmoqda, va qiziqarli natijalarga erishish uchun ularning ikkovi ham o‘zlari manfaatdor bo‘lgan ikki sohani birlashtirishga qaror qilganlarini aytishmoqda. «Majozan aytadigan bo‘lsam, qizlarning birontasi ham butun iqtidorini ishga solib, eng yuqori chuqqilarni zabt etishga jur’at etolmay, bir joyda o‘tiraverganida, biz bugun turmushimizni anchagina engillashtirgan va biz chinakam gururlanayotgan ko‘pgina kashfiyotlar, yutuqlarning guvohi bo‘lolmas edik, va buni yodda tutish juda muhim», - deb izohlaydi Amina. «Barchamiz - odammiz. Biz teng imkoniyatlarga va tanlash uchun teng huquqlarga loyiqmiz. Qizlar munosib rag‘batlantirilsa va qo‘llab-quvvatlansa, chindan ham ahamiyatli yutuqlarga erishishga qodir», - deb ta’kidlaydi qizlar.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo