Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Huquqiy ma’lumot sizga zarurmi?

Huquqiy ma’lumot sizga zarurmi?

 

U-Report Adliya Vazirligi bilan hamkorlikda O’zbekiston yoshlari o’rtasida onlayn so’rov o’tkazdi.

 

So    So’rovnoma maqsadi: Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish borasidagi tajribasini o’rganish

 

Ma’lumotlar  yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish uchun ishlatiladi.

 

So’rovnoma hududi: O’zbekiston Respublikasi ning barcha hududlari

 

So’rovnomada qatnashganlar soni: 5800 ortiq yoshlar.

 

 

 

 

SO’ROVNOMADAN OLINGAN ASOSIY XULOSALARI:

 

1.      Respondentlarning javoblariga ko’ra, ular oxirgi 2 yilda huquqiy ma’lumotlarni quyidagi top 3ta manbadan olishmoqda:

1)               Telegramdan (47%)

2)               Kitoblardan (10%)

3)               Maxsus huquqiy saytlardan (9%).

 

2.      Ishtirokchilar huquqiy ma’lumot olishda ko’proq  ishonchni quyidagi 5 manbaga bildirar ekan:

1)               Davlat tashkilotlari matbuot kotiblari (32%)

2)               Soha mutaxassislari (27%)

3)               Blogerlar (9%)

4)               TV va radio  (9%)

5)               Internet OAVlariga (8%)

 

3.      Toshkent shahri respondentlari javobiga ko’ra, “Davlat tashkilotlari matbuot kotibi”ga eng kam ishonadigan hudud bo’ldi, ular ko’proq “soha mutahassislariga” (30%) va onlayn nashrlarga (18%) ishonishini bildirgan.

 

4.      Respondentlarning 73%i o’qigan huquqiy ma’lumotlari ularga foydali bo’lganini ta’kidlashdi: 53% shaxsan o’zlariga qo’l kelganini tasdiqlashdi, 20% esa yaqinlari va tanishlariga qo’l kelganini bildirishdi.

 

5.      Qatnashchilarning 56%i o’z huquqiy savodxonligini qoniqarsiz deb baholadi (1 dan 3 ballgacha), yana 30%i – maksimal 5 balldan 4 bahoni qo’ygan.

 

6.      44% respondentlar bilgan huquqiy ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlarda ba’zan bo’lishishlarini, 19% esa doimo bo’lishib turishini bildirishdi.

 

7.      42% ishtirokchilar OAVda berilayotgan huquqiy ma’lumotlarni ba’zan tushunarsiz deb o’ylasalar, 26% qatnashchi bu ma’lumotlar tushunarli deb hisoblaydi.

 

8.      Ishtirokchi yoshlar quyidagi 5 asosiy soha bo’yicha o’z huquqiy savodxonliklarini oshirishni xohlashlarini bildirdi:

1)                Shaxsiy huquq va majburiyatlarim – 28%

2)                Mehnat munosabatlari – 12%

3)                Ta’limga oid huquqlarim – 12%

4)                Siyosat va davlat boshqaruvi – 9%

5)                Tadbirkorlik va biznes – 7%.

(Yosh jihatidan huquqiy savodxonlikni qaysi sohalarda oshirish bo’yicha katta farqlar mavjud – quyida o’qing).

 

9.      Qatnashchilarning aksariyati Adliya vazirligining huquqiy axborot tarqatishdagi faoliyatiga umumiy ijobiy baho berishdi (“O’rtacha” – 29%, “Yaxshi” – 28% va “A’lo” – 15%).















































Ushbu so’rovnomaga umumiy hisobda 5838 kishi qiziqish bildirib qatnashdi. Ular jinsi, yoshi va yashash hududlariga ko’ra quyidagicha guruhlandi:

a) jinsi bo’yicha: qizlar jami qatnashchilarning 39%ni, yigitlar esa 58%ni tashkil etdi.

b) yoshi bo’yicha: 24 yoshgacha bo’lgan qatnashchilar 59% ni, 25 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar  30%ni, hamda  35 yoshdan katta bo’lgan qatnashchilar jami respondentlarning 11 foizini tashkil qildilar.


c) yashash hududi bo’yicha: eng faol qatnashchilar Toshkent shahridan (11%), keyingi o’rinlardagi faollikni Namangan va Samarqand yoshlari qayd etib, ushbu viloyatlardan qatnashganlar soni umumiy respondentlarning 10% ni tashkil etdi. Sirdaryo viloyati yoshlari esa eng kam qatnashish ko’rsatkichini qayd etishdi (3%).

     

1)            Oxirgi 2 yil ichida huquqqa oid ma’lumotlarni KO’PROQ qaysi manbadan olyapsiz?

Respondentlar oxirgi 2 yil ichida huquqiy ma’lumotlarni ko’proq “Telegramdan” olayotganini quyida keltirilgan diagrammadan ko’rishimiz mumkin. Bu manbadan deyarli har ikkinchi qatnashuvchi foydalanadi (47%). Jins kesimida 46% qizlar hamda 49% yigitlar Telegramdan huquqiy axborot olishlarini bildirishgan.

Ikkinchi o’rinda tanlangan huquqiy manba – “Kitoblar” deb qayd etildi (10%). “Maxsus huquqiy saytlar” manbasi esa jami respondentlarning 9% tomonidan tanlanib, 3-eng ko’p murojaat etilgan huquqiy ma’lumotlar manbasi bo’ldi.

“Bosma nashrlar” va “Radio” yoshlar uchun huquqiy ma’lumot manbasi emas ekanligini ko’rishimiz mumkin – bu variantlar 0%dan ovoz olishgan.


Ushbu savolga berilgan javoblarni qatnashchilarning yoshi bo’yicha tahlil qilsak, “Telegram” manbasidan eng ko’p 35 yoshdan kattalar huquqiy malumotlarni izlashlarini ko’rishimiz mumkin (56%). 2-o’rinda eng ko’p murojaat qilingan huquqiy manba – “Kitoblar” esa 24 yoshgacha bo’lgan yoshlar orasida keng tarqalgan (14%). Shunisi e’tiborliki, yoshi katta qatnashchilar (25-34 yoshlilar va 35 yoshdan kattalar) 3-o’rinda huquqiy ma’lumotlarni ko’proq “Maxsus huquqiy saytlar”dan qidirsalar, 24 yoshgacha bo’lgan yoshlarimiz bu o’rinda ko’proq “Instagram” manbasiga murojaat qilishlari aniq bo’ldi.

 

Hududlar kesimidagi tahlili ham qiziq ma’lumotlarni ko’rsatdi: “Telegram”dan huquqiy manba sifatida eng ko’p foydalanuvchilar Surxondaryo viloyatiga to’gri kelgan bo’lsa (54%), eng kam foydalanuvchilar Toshkent shahridan bo’lishdi (43%). “Maxsus huquqiy saytlar”ni asosan qo’llovchilar Sirdaryo va Toshkent shaharlaridan qayd etilgan bo’lsa (mos ravishda 14% va 13%), bularga eng kam murojaat etuvchilar Surxandaryo viloyatidan qatnashgan yoshlardir (6%). “Kitoblar”ni asosiy huquqiy manba sifatida ishlatgan qatnashchilar esa Namangan viloyatiga (15%), ulardan eng kam huquqiy ma’lumot izlaganlar Toshkent shahriga to’gri keldi (6%).


So’rovnoma ishtirokchilari ko’rsatgan “Boshqa huquqiy manbalar” dan namunalar

(Orfografik va punktuasiya belgilari saqlangan holda)

Manba

Jins

Yosh

Xushnudbek Xudayberdiyev kanaliga

Qiz

20

Davlat saytlariga

Yigit

34

Благодаря своему анализу из собранных информаций из всех выше перечисленных вариантов

Yigit

18

Rasul Kusherbayevga

Yigit

24

Adliya vazirligining huquqiy axbarot telegram kanali va lex.uz sayti

Yigit

26

Qonunni oʻzini oʻqib koʻraman

Yigit

26

Norma.uz и Lex.uz

Yigit

32

Deputat ( kusherbayev kabilarga )

Yigit

29

 

2)      Huquqiy ma’lumotlarni olganda ko’proq qaysi manbaga ishonasiz?

Bunda qatnashchilar eng avvalo “Davlat tashkilotlari matbuot kotiblari” ga (32%), undan keyin esa “Soha mutaxassislari”ga (27%) ko’proq ishonishlarini bildirishdi. “Blogerlar”, “TV va radio”, “Onlayn nashrlar” manbalari ishonchli huquqiy manba sifatida ishtirokchilarning deyarli bir xil ovozini to’pladi (tahminan 9% dan).

Yigitlar va qizlarning javoblaridagi sezilarli farqni “Blogerlar” va “TV va radio” manbalarida ko’rishimiz mumkin: yigitlarning 11% “Blogerlar”ga huquqiy manba sifatida ishonsa, qizlarning atigi 6% ushbu javobni bergan. “TV va radio” javobida esa aksincha bo’lgan holat kuzatilgan: bu variant 11% qizlarning tanlovi bo’lib, yigitlarning atigi 7% bu variantni o’ziga ishonchli huquqiy manba qilib ko’rsatishgan.


Bu savolga berilgan javoblarning yosh kesimdagi tahlilidan shu ma’lum bo’ldiki, qatnashchilarning yoshi ortgani sari ularning “Davlat tashkilotlari matbuot kotibi”ga huquqiy manba sifatida ishonchlari kamayib, “Soha mutaxassislari”ga ishonchlari ortayotganini qayd etishimiz mumkin. Bu holat onlayn nashrlarida ham o’xshash.


Hududlar kesimida, Toshkent shahridagi ishtirokchilar “Davlat tashkilotlari matbuot kotibi”ga eng kam ishonadigan hudud bo’ldi, ularda ko’proq “soha mutahassislariga” (30%) va onlayn nashrlarga (18%) ishonichini ko’rishimiz mumkin.